Kontent qismiga oʻtish

tabiat

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-bi-at

Aytilishi

Etimologiyasi

a. طَبِيعَة - borliq; tabiiy xislat; odatiylik

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Butun mavjudotni oʻz ichiga olgan olam, borliq. ◆ Tabiat zap qiziq narsa-da. Unda hamma narsa mavjud, hamma narsaningoʻzoʻrni, oʻzmavqei bor. N. Fozilov, „Diydor“ . ◆ Tabiatning hech kimga boʻysunmay-digan, birovdan ruxsat ham soʻrab oʻtir-maydigan qonunlari bor. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Kuzda tabiatning jonli va faol vakili — odam organizmi ham tini-qadi. Gazetadan .

2 Insoniyat va hayvonotdan oʻzga olam. ◆ Tabiat bilan odam bolasi qiyoslansa, bir-biriga oʻxshashi aqlni hayratga soladi. Gazetadan . ◆ Ketdi qirdan turna ham, Boʻshab qoldi tabiat.. A. Oripov, „Yurtim shamoli“ . ◆ Tabiatda uchraydigan mineralgarning baʼzi-lari sanoat ahamiyatiga ega. Gazetadan .

3 Oʻt-oʻlan, oʻsimlik va b. narsalar band etgan tevarak-atrof, qir-adir, oʻrmon va sh.k. lar. ◆ Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib, bir oz yotgandan keyin, "Ul ham boʻlsa edi", deb oʻyladi va uzoq tin olib qoʻydi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Tabiat sokin, ufq jimir-laydi.. A. Muxtor, „Chinor“ . ◆ Tabiat oʻz tilida roz aytib shivirlar ekan, yigit bundan oʻz quvonchining madhini oʻqirdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Kechagi changbosti yomgʻir ta-biatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yubordi. N. Fozilov, Diydor.

4 Yer sathining maʼlum bir jihatini aks ettiruvchi belgi, xususiyat yoki holati. ◆ Bu yerning goʻzal tabiati va zilol suv manbalari odamlarga orom bagʻishlaydi. Gazetadan . ◆ "Bo-burnoma"ni varaqlar ekansiz.. tabiat man-zaralari chizilgan lavhalarga duch kelasiz. "Fan va turmush" .

5 Inson ruhiyatiga xos asosiy, turgʻun xususiyatlar majmui; xarakter, feʼl. ◆ -Oʻzi juda ogʻir va aqlli yigit, buning ustiga qiziq tabiati ham bor, — dedi Usta Olim. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . U ◆ [Vali aka\ tabiatining ogʻirligiga qaramay, oʻrnidan sapchib turib ketdi. M. Ismoiliy, „Fargʻo-na t“ . o. ◆ Mirzakarimboyning qizi Nuriniso-ning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Doim zaxda oʻtirib ishlaganimdanmi yoki oʻzimning tabiatimda zaiflik bormi — ishqilib, koʻp vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Past tabiat Ziqna, qizgʻanchiq, xasis. ◆ [Qodirqul:] Bu boyning tabiati shunaqa pastmi? Hamza, „Boy ila xizmatchi“ . Soʻfi tabiat 1) xarakteri, qiligʻi soʻfilarnikiga oʻxshash; 2) kechalari bedor, uxlamaydigan. ◆ Tomma-tom qochib ketayotganimni baʼzi uy-qusi ziyrak, soʻfi tabiat qari-qartanglar ham koʻrib qolgan edilar. Gʻ. Gʻulom, „Shum bola“ . Tabiati koʻtarmaydi {yoki tortmaydi) Mijoziga toʻgʻri kelmaydi, koʻngli tortmaydi.

6 koʻchma Narsaga xos biror belgi, xusu-siyat. ◆ Planetalarning fizik tabiati. j ◆ Turkiy tillarda choʻziq unlilarning tabiati.. koʻpdan mutaxassislarning diqqatini jalb qilib keladi. "OʻTA" .

7 Kayfiyat, ruhiy holat. ◆ Tojiboyning Gulsumga jazmanligi toʻgʻrisidagi ga/iar esiga tushib, tabiati bir oz xira boʻldi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Ahmad oʻz xonasiga kirsa, Tolib aka yoʻq ekan. Uning tabiati ravshan edi. F. Musajonov, „Himmat“ .

8 Did, farosat. ◆ Tabiati nozik odam. U odamning tabiatini qarangki..

Toʻqim tabiat q. toʻqim.

9 Yaratuvchi, ato etuvchi, boshqaruvchi ilo-hiy kuch-qudrat timsoli. ◆ Tabiat bu diyorga shunday sehrli kuch ato etganki, uning tup-rogʻida har qanday oʻsimlik bahra oladi. Gazetadan . ◆ Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim ashagan-ku yer yuziga teng. A. Oripov, „Yillar armoni“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ТАБИАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

طبیعت

təbiət

tabiat
1 природа; ◆ tabiatni oʻrganmoq изучать природу; ◆ tabiatni oʻzgartirish plani план преобразования природы; ◆ planetalarning fizik tabiati физическая природа планет; ◆ tabiat hodisalari явления природы;
2 натура; характер, нрав; настроение; ◆ yengil tabiat легкомысленный; ветреный; ◆ tabiati ogʻir odam человек с тяжёлым характером; ◆ uning tabiati shunaqa у него такой характер (такая натура); ◆ birovning tabiatini xira (или kir, tirriq) qilmoq испортить (кому-л.) настроение; причинить (кому-л.) огорчение, обиду; ◆ oʻzining tabiatini chogʻ qilmoq веселиться, развлекаться, наслаждаться; ◆ birovning tabiatini chogʻ qilmoq веселить, радовать (кого-л.);
3 перен. желание, воля; намерение; ◆ oʻqish tabiatingizda boʻlsa... если вы хотите (намерены) учиться...;
4 перен. вкус; ◆ (uning) tabiatni qara-ya ну и вкус у него; ◆ nozik tabiat с тонким вкусом (о человеке); разборчивый; привередливый; капризный;◆ toʻqim tabiat неразборчивый; не имеющий вкуса; ◆ 

табигать

tebigat

Gagavuzcha (gag)

Ot

tabiat

Turkcha (tr)

Ot

tabiat

doğa, xulq