Kontent qismiga oʻtish

Bioelektronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bioelektronika — bionika fanining maxsus yoʻnalishlaridan biri. Tirik organizmlarning tuzilishi va ish faoliyatini tahlil qilish asosida elektronika masalalarini yechadi. Quyidagi muammolarni oʻrganadi: hayvonot dunyosi va inson nerv sistemasini tekshirish; mavjud kompyuterlarni va aloka texnikasini yanada takomillashtirish hamda avtomatika va telemexanikaning yangi elementlari va qurilmalarini yaratish maqsadida neyronlar va neyron sistemalarini (zanjirlarini) modellashtirish; turli iqtisodiy va texnikaviy masalalarni hal etish; elektron qurilmalarni oʻta ixchamlashtirish va boshqa

Axborotga ishlov berish qurilmalari biosxemalar asosida yaratilsa, 3 oʻlchamli (hajmiy) elektron tizimlarning 1 sm3ga 10’5—1018 ta integral ventilni joylashtirish mumkin. Bu holda bielektron qurilmalarning ishlash tezligi 100—1000-marta oshadi. B.ning bu kutilayotgan afzalliklaridan foydalanib. kelajakda oʻta ixcham hajmiy protsessorlar, intellektual robotlar, oʻta mitti tibbiyot asboblari, hujayrani tiklovchi va yaratuvchi molekulyar elementlar va neyrokompyuterlar ishlab chiqish mumkin boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil